InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Xotin-qizlarga oliygohga kirish uchun imtiyoz berilmoqda

Ta’lim sohasidagi eng so’nggi yangiliklar quyidagicha: Qisqacha mazmun:O‘zbekistonda “To‘maris izdoshlari” guruhlari tashkil etiladi.Ushbu guruh aʼzolariga maxsus tavsiyanoma asosida o’qishga kirish huquqi beriladi “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo’yicha bo’linmalari huzuridagi ‘To’maris izdoshlari’ jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. O‘zbekistonda “To‘maris izdoshlari” guruhlari tashkil […]

4
Xotin-qizlarga oliygohga kirish uchun imtiyoz berilmoqda
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklar quyidagicha:

Qisqacha mazmun:
O‘zbekistonda "To‘maris izdoshlari" guruhlari tashkil etiladi.
Ushbu guruh aʼzolariga maxsus tavsiyanoma asosida o'qishga kirish huquqi beriladi “Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari huzuridagi 'To'maris izdoshlari' jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqda Telegram'dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

O‘zbekistonda "To‘maris izdoshlari" guruhlari tashkil etiladi. Ushbu guruh aʼzolariga maxsus tavsiyanoma asosida o'qishga kirish huquqi beriladi

“Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari huzuridagi 'To'maris izdoshlari' jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram'dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Unga ko'ra, 2023-yil 1-iyundan yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo'lmagan, umumiy o'rta yoki o'rta maxsus maʼlumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko'ngilli asosda jalb qilish orqali “To'maris izdoshlari” jamoaviy guruhlar faoliyati tashkil etiladi.

Mazkur guruhlarning asosiy vazifalari o'rta, o'rta maxsus va professional taʼlim muassasalarida o'qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir ko'rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog'liq masalalarni aniqlashda ko'maklashish hisoblanadi.

Guruhlar respublikaning barcha tuman (shahar)larida 2 nafardan (kriminogen vaziyat og'ir bo'lgan tuman hududlarda 3 nafardan) ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari huzurida shakllantiriladi. Maʼlum qilinishicha, guruh aʼzolari 1 yil davomida o'qish va ish jarayoniga salbiy taʼsir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va xotin- qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qo'shgan “To'maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'ining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining OTMga saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida o'qishga kirish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan ko'p bo'lgan taqdirda, ularni o'qishga qabul qilish tanlov natijalari bo'yicha to'plangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.



Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar