Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2000 ta qo'shimcha davlat granti
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga kirish istagida bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajoyib imkoniyat yaratildi. Davlat granti asosida 2 000 ta qo'shimcha kvota ajratilgani abituriyentlar uchun muhim yangilik bo'ldi.
Kvotalar taqsimoti va yo'nalishlar
Ushbu kvotalar hududlar va ta'lim yo'nalishlari kesimida taqsimlangan bo'lib, ular quyidagicha guruhlangan:
- Aniq va tabiiy fanlar
- Texnika fanlari
- Tibbiyot fanlari
- Boshqa ta'lim yo'nalishlari
Har bir yo'nalish bo'yicha aniq raqamlar bilan yuqoridagi rasm orqali tanishishingiz mumkin. Shuningdek, tanlovda ishtirok etish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarini tahlil qilish tavsiya etiladi.
Muhim qoidalar va shartlar
Ushbu imtiyozli kvotadan foydalanishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish lozim:
- Kvota faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun 1-ta’lim yo‘nalishiga amal qiladi.
- Boshqa ta’lim shakllari va 2-5-ta’lim yo‘nalishlari uchun ushbu kvota qo‘llanmaydi.
- Taviyanomaga ega xotin-qizlar qaysi OTMga ro‘yxatdan o‘tganidan qat’i nazar, o'zlarining doimiy yashash hududidan kelib chiqib tanlovda ishtirok etadilar.

Ushbu yangilik sizning ta'lim olishingizda qanday o'zgarish qiladi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.