Xotin-qizlar uchun ta’limda yangi imkoniyatlar
O‘zbekistonda xotin-qizlarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan bir qator imtiyozlar joriy etildi. Ushbu imkoniyatlar orqali qizlarimiz kontrakt asosida emas, balki davlat granti hisobiga o‘qishlari mumkin.
Magistraturada bepul ta’lim
Magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan barcha xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summalari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Bu talabalar uchun katta moliyaviy yengillik hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumot olish uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga tashrif buyuring.
Kollej va texnikumlarda davlat granti
Joriy yildan boshlab kollej va texnikumlarning quyidagi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi:
- Qurilish sohasi
- Transport
- Kommunal xo‘jaligi
- Qishloq xo‘jaligi
- Xizmat ko‘rsatish sohasi
Ushbu yo‘nalishlarda ta’lim olishni rejalashtirgan abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Bu o‘z kelajagini to‘g‘ri rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.