Magistratura talabasi bo‘lgan qizlar uchun yangi imtiyozlar
O‘zbekiston ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar joriy etilmoqda. Prezident videoselektorida ma’lum qilinishicha, endilikda qizlarning oliy ta’lim olishi va ilmiy faoliyat yuritishi uchun davlat tomonidan katta moliyaviy ko‘mak ajratiladi.
Magistrlar kontrakti budjetdan qoplanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada tahsil olayotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjet hisobidan qoplab beriladi. Bu 23 ming nafar qiz uchun 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini anglatadi. Shuningdek, har yili 50 nafar qiz nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr, 10 nafari esa magistraturaga yuboriladi.
Ta’limni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi imkoniyatlar
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida quyidagi choralar ko‘riladi:
- Har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizning ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi.
- Yosh farzandi bor talaba-qizlar uchun masofaviy o‘qish shakli joriy etiladi.
- Doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 ta maqsadli kvota ajratiladi.
- Oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlar uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim krediti beriladi.
Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz yoki talabalar uchun foydali maslahatlarga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, bizning saytimizda barcha ma'lumotlarni topishingiz mumkin.
Kadrlar tayyorlashda yangi yondashuv
Ayollar ulushi past bo‘lgan aniq fanlar, texnika va huquqshunoslik yo‘nalishlarida xotin-qizlar ulushini 40 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun har yili ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi aynan shu sohalarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, poytaxtda davlat-xususiy sherikchilik asosida to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashgan universitet tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.