Magistratura kontraktini davlat to‘laydi: Kimlarga taalluqli?
Hukumatning 447-sonli qaroriga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bu talabalar uchun yaratilgan muhim imkoniyatdir.
Qaysi oliygohlar uchun amal qiladi?
Ushbu tartib barcha davlat OTMlari, shuningdek, quyidagi maxsus ta’lim muassasalari uchun ham amal qiladi:
- Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi;
- Bosh prokuratura akademiyasi;
- Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
- Bank-moliya akademiyasi.
Kontraktni qoplab berish tartibi va muddatlar
To‘lov-kontrakt summasini davlat byudjeti hisobidan qoplash uchun talabgor quyidagi bosqichlarga amal qilishi shart:
- Ariza topshirish: Talabgor o‘zi ta’lim olayotgan OTM rektori nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etishi kerak.
- Ko‘rib chiqish: Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi va ro‘yxat shakllantiriladi.
- Yakuniy qaror: Kontraktni qoplab berish to‘g‘risidagi rektor buyrug‘i joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Qaysi holatlarda to‘lov qoplanmaydi?
E’tibor bering, quyidagi holatlarda kontrakt to‘lovi davlat tomonidan qoplab berilmaydi:
- 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalar;
- Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt summalari;
- Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qish.
Ta’lim yo‘nalishlari va kirish ballari haqidagi batafsil ma’lumotlarni saytimiz orqali kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.