“Study in Uzbekistan” platformasi orqali O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirayotgan xorijiy fuqarolar soni oshgani qayd etilmoqda. Quyida xorijiy fuqarolarning qaysi oliygohlar, yo‘nalishlar va davlatlardan kelayotgani keltirilgan.
Xorijiy fuqarolar eng ko‘p tanlaydigan oliygohlar
Platforma orqali hujjat topshirayotgan xorijiy fuqarolar asosan quyidagi universitetlarni tanlamoqda:
Reklama
Xorijiy fuqarolar ko‘proq qiziqadigan yo‘nalishlar
Xorijiy talabalar orasida yuqori talabga ega yo‘nalishlar quyidagilar:
- Davolash ishi;
- Biotexnologiya;
- Biologiya;
- Stomatologiya;
- Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
- Iqtisodiyot.
Ko‘proq murojaat qilayotgan davlatlar
Xorijiy fuqarolarning hujjatlariga ko‘ra, qiziqish bildirayotgan davlatlar ro‘yxati quyidagicha:
- Turkmaniston;
- Qirg‘iziston;
- Tojikiston;
- Rossiya Federatsiyasi;
- Bangladesh;
- Xitoy;
- Ozarbayjon.
O‘zbekiston oliygohlari xalqaro ta’lim yo‘nalishida ham faol — O‘zbekiston oliygohlari Qohirada xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Biz xalqaro ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib, yoritib boramiz.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.