Diplom nostrifikatsiyasi: Diplomni tan olish narxi qancha?

Xorijiy davlatda olingan diplomni nostrifikatsiya qilish (tan olish) narxi qancha? Hukumat qaroriga asosan to’lov miqdorlari va tartiblari bilan tanishing.

5
Diplom nostrifikatsiyasi: Diplomni tan olish narxi qancha?

Xorijiy diplomni nostrifikatsiya qilish narxi

Ko'plab abituriyentlar va mutaxassislar xorijda ta'lim olgach, o'z diplomlarini O'zbekistonda tan olish tartibi va xarajatlari bilan qiziqishadi. Hukumatning 620-son qaroriga asosan, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish jarayoni belgilangan.

Nostrifikatsiya to'lovlari qanday?

Hujjatlarni tan olishda quyidagi tartib amal qiladi:

  • Umumiy o'rta va o'rta ta'lim: Xorijiy maktab yoki kollej diplomlarini tan olish bepul amalga oshiriladi.
  • Oliy va o'rta maxsus ta'lim: Oliy ta'lim, kasb-hunar, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish hujjatlarini tan olish uchun 900 000 so‘m (BHMning 3 baravari) miqdorida yig‘im undiriladi.

Foydali ma'lumotlar

Agar siz xorijdan qaytib, O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida o'qishni davom ettirmoqchi bo'lsangiz, oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlar sizga yordam berishi mumkin. Shuningdek, talabalar hayoti va ta'limga oid yangiliklarni talabalar uchun bo'limimizda kuzatib borishingiz mumkin.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar