Turizm yo’nalishi: Oliy ta’lim 3 yilga o’tkazilmoqda

O‘zbekistonda turizm sohasida oliy ta’lim muddati 4 yildan 3 yilga qisqartirilmoqda. Talabalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar va o‘zgarishlar bilan tanishing.

3
Turizm yo’nalishi: Oliy ta’lim 3 yilga o’tkazilmoqda

Turizm sohasida oliy ta’lim 3 yilga o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini oshirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Asosiy yangiliklardan biri — turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida oliy ta’lim muddatining 4 yildan 3 yilga qisqartirilishidir.

Ta'lim sifatini oshirish va yangi imkoniyatlar

O‘quv dasturlari jahon reytingidagi eng kuchli 100 ta oliy ta’lim muassasasi tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi. Bu o‘zgarish talabalarga quyidagi ustunliklarni beradi:

  • Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish;
  • O‘qish davrida o‘z ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
  • Mehnat bozoriga tezroq kirib borish.

Ushbu yangiliklar talabalar uchun o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tajriba orttirishda katta qulaylik yaratadi.

Gidlarni tayyorlash va hududiy rivojlanish

Turizm salohiyatini oshirish maqsadida Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, shuningdek, Sharqshunoslik, Jahon tillari va “Ipak yo‘li” xalqaro universitetlarida maxsus gidlar tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ushbu o‘zgarishlar qanday aks etishi abituriyentlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar