Bo’lajak o’qituvchilar uchun yangi diagnostika tizimi: 3-bosqich talabalari endi test topshiradi

O’zbekistonda 2026-yil 9-iyundan boshlab pedagogika yo’nalishidagi 3-bosqich talabalari tashqi diagnostikadan o’tkaziladi. 50 ta savoldan iborat test bilan o’qituvchi tayyorlash sifati baholanadi.

205
Bo’lajak o’qituvchilar uchun yangi diagnostika tizimi: 3-bosqich talabalari endi test topshiradi

O'zbekistonda pedagogika yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilimi endi tashqi diagnostikadan o'tkaziladi. Adliya vazirligi 2026-yil 9-iyun kuni ushbu tartibni belgilovchi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi.

Yangi tizim o'qituvchi kadrlar tayyorlash sifatini baholash va takomillashtirishga qaratilgan. Hujjatga ko'ra, diagnostika har o'quv yilida bir marta pedagogika ta'lim yo'nalishlaridagi 3-bosqich talabalari o'rtasida test sinovlari shaklida o'tkaziladi.

Test 50 ta savoldan iborat bo'lib, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to'g'ri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni tashkil etadi. Baholash tizimi ham aniq belgilangan: o'rtacha 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan yo'nalishlar "talablarga javob beradigan", 56 balldan past natija ko'rsatganlar esa "talablarga javob bermaydigan" deb topiladi.

Diagnostika jarayonini tashkil etish uchun har yili sentabr oyida maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug'i bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassisdan iborat ishchi guruh tuziladi.

Muhim jihati shundaki, tashqi diagnostika natijalari talabalarning joriy o'zlashtirish ko'rsatkichlari va reyting ballariga ta'sir qilmaydi. Ushbu tizim faqat pedagog kadrlar tayyorlash sifati holatini tahlil qilish va ta'lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Biroq, past natija qayd etilgan pedagogika yo'nalishlari bo'yicha oliy ta'lim muassasalari navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi va davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish masalasi ko'rib chiqilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, ushbu tizim Prezidentning 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli farmoni asosida yo'lga qo'yilgan bo'lib, uzoq muddatli maqsad – maktablarga sifatli o'qituvchilar yetkazib berishdir.

Reklama

Reklama

Nozima IdrokovaN
MUALLIFNozima IdrokovaOʻzbekistonda taʼlim masalalari boʻyicha 5 yillik ish tajribasiga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar