Turizm sohasida yangi kadrlarni tayyorlash markazi ochiladi

Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi va yangi o‘quv dasturlari joriy etiladi. Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimi qanday o‘zgaradi?

2
Turizm sohasida yangi kadrlarni tayyorlash markazi ochiladi

Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasini rivojlantirish hamda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida muhim yangiliklar e’lon qilindi. Bu abituriyentlar uchun va sohaga qiziqadigan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Yangi ta’lim dasturlari va Xalqaro turizm akademiyasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

  • 2025-yil 1-martgacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshida xalqaro “franshiza” dasturlari joriy etiladi.
  • Jahon reytingidagi top-100 talikka kiruvchi OTMlar dasturlari asosida ta’lim tizimi modernizatsiya qilinadi.

Gid-tarjimonlar tayyorlash kurslari

Shuningdek, belgilangan oliy ta’lim muassasalari huzurida xorijiy tillarda xizmat ko‘rsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi. Bu kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlov qilayotgan yoshlar uchun yangi istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Kurslarda quyidagi tillar o‘rgatiladi:

  • Arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillari.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar