Yomon xabardan boshlaymiz: 12-avgust kuni bo'ladigan quyosh tutilishi O'zbekiston hududidan ko'rinmaydi. Ispaniya va Portugaliyadan ham kuzatuv qilish qiyin — hodisa vaqti quyosh botish paytiga to'g'ri keladi, gorizont bulutli bo'lib qolish ehtimoli katta.
Yaxshi xabar esa shundaki, O'zbekistondan ham to'liq quyosh tutilishini kuzatish mumkin bo'ladi. Qisman tutilishni ko'pchilik kuzatganmiz, lekin to'liq tutilish O'zbekiston hududida 1952-yildan beri kuzatilgani yo'q.
To'liq tutilishda nima ko'rinadi?
Reklama
To'liq tutilishda quyosh atrofidagi toj ham ko'rinadi, kunduzi qorong'i tushib, bir necha daqiqaga atrof zulmatga botadi — osmondagi yulduzlar ham ko'rinadi. Bu noyob manzarani ko'rish uchun 2060-yil 30-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 dan boshlab kuzatish mumkin bo'ladi.
Eng zo'r holatda Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog'iston hududlaridan ko'rinadi. Hodisani o'tkazib yubormaslik uchun kunni belgilab qo'yish tavsiya etiladi.
Avvalroq 12-avgust kuni to'liq Quyosh tutilishi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz ilm-fan va astronomiya yangiliklarini yoritishda davom etadi.



![Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi IOI 2026 boshlandi [Video]](/_next/image?url=https%3A%2F%2Finfoedu.uz%2Fwp-content%2Fuploads%2F2026%2F08%2Fphoto_2026-08-10_16-04-04.webp&w=1920&q=75)













Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.