Tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt bekor qilindimi?

2026/2027-o‘quv yilidan tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt bekor qilinadimi? Amaldagi qonunchilik va qaror loyihasi bo‘yicha holat.

Tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt bekor qilindimi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt bekor qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq amaldagi qonunchilik hujjatlari bunday tartib hali kuchga kirmaganini ko‘rsatmoqda.

Qaror loyihasida nimalar nazarda tutilgan edi?

Reklama

Loyihaga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan:

  • tibbiyot yo‘nalishlarida oshirilgan (super) kontrakt asosida talabalikka qabul qilish tartibini bekor qilish;
  • bakalavriatning tibbiyot yo‘nalishlariga qabul uchun minimal o‘tish balini 132,3 ball etib belgilash rejalashtirilgan edi.

Mazkur tartib kuchga kirganmi?

Yo‘q. InfoEdu.uz o‘rganishicha, ushbu hujjat qaror loyihasi sifatida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lsa-da, keyinchalik amaldagi normativ-huquqiy hujjat sifatida qabul qilinmagan.

Shu sababli loyiha kuchga kirmagan va unda nazarda tutilgan o‘zgarishlar amaliyotga tatbiq etilmagan.

Hozirgi tartib qanday?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tibbiyot yo‘nalishlarida abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun oshirilgan (super) kontrakt asosida talabalikka qabul qilish tartibi saqlanib qolmoqda.

Rasmiy tartib o‘zgarmaguncha, tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha super-kontrakt bekor qilingan deb hisoblanmaydi.

Yo‘q. Hozirgi vaqtda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tibbiyot yo‘nalishlarida super-kontrakt tartibi bekor qilinmagan.
Bunga sabab mart oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasi. Unda super-kontraktni bekor qilish taklif etilgan edi, biroq loyiha yakuniy hujjat sifatida qabul qilinmagan.
Yo‘q. 132,3 ballik minimal o‘tish bali ham faqat qaror loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, hozircha amalda qo‘llanilmayapti.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar