2024-2025 o‘quv yili test sinovlari tartibi
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yaqinlashmoqda. Joriy yilgi test sinovlari 14-iyuldan boshlanib, qat’iy tartibda o‘tkaziladi. Abituriyentlar uchun eng muhim ma’lumotlarni jamladik.
Test sinovlari sanasi va smenalari
Testlar kuniga ikki smenada tashkil etiladi:
- 1-smena: soat 08:00
- 2-smena: soat 15:00
Abituriyentlar belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin imtihon hududiga yetib kelishlari shart. O‘zingiz tanlagan yo‘nalishlar kesimidagi kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqish foydali.
Abituriyent ruxsatnomasi va hujjatlar
Imtihonga kirish uchun my.uzbmb.uz saytidan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish va uni qog‘oz ko‘rinishida chop etib olish talab etiladi. Testga kelganda quyidagilar bo‘lishi shart:
- Pasport yoki ID-karta (asli);
- Abituriyent ruxsatnomasi.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi. Tayyorgarlikni tekshirish uchun DTM standartidagi test tizimida o‘zingizni sinab ko‘ring.
Test sinovlarini o‘tkazish tartibi (Video)
Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo‘lib, abituriyentlardan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish so‘raladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.