Ta’lim krediti haqida barcha ma’lumotlar: Kimlarga beriladi?
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyozli ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu imkoniyat talabalar uchun o‘qish xarajatlarini qoplashda katta yordam beradi.
Ta’lim kreditidan kimlar foydalana oladi?
Ushbu kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga taqdim etiladi. Kredit olish uchun talabgorlar belgilangan axborot tizimlarida (kontrakt.edu.uz, HEMIS yoki prof.edu.uz) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Kredit miqdori qanday belgilanadi?
- Birinchi bosqich talabalari: To‘lov-kontrakt summasi to‘liq miqdorida ajratiladi.
- Yuqori kurs talabalari: Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lsa, kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida kredit beriladi.
O‘qishga kirish va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishish orqali ta’lim jarayonlarini rejalashtirishingiz mumkin. Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.