Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish tartibi 2024

Talabalar turar joyi uchun arizalar my.gov.uz orqali 1-avgustdan boshlandi. Yotoqxona uchun navbat va kvotalar bo’yicha batafsil ma’lumotni o’qing.

6
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish tartibi 2024

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayoni boshlandi

Oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar uchun muhim yangilik: Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qaroriga asosan, talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Yotoqxonaga joylashish tartibi va kvotalar

Reglamentga ko'ra, dastlab imtiyozli toifadagi talabalar qabul qilinadi. Qolgan o'rinlar umumiy ro'yxat asosida quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • 1-kurs talabalari uchun: 55 — 65 foiz;
  • 2-kurs talabalari uchun: 15 — 20 foiz;
  • 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun: 20 — 25 foizgacha.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etadi. O'z yo'nalishingiz bo'yicha kirish ballari va yo'nalishlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Abituriyentlar diqqatiga

2024/2025-o'quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natijalar e'lon qilingandan so'ng ariza topshirishlari mumkin. Talabalar hayoti va turar joylar bilan bog'liq boshqa yangiliklarni talabalar uchun bo'limimizda kuzatib boring.

Batafsil ma'lumotlar uchun lex.uz rasmiy portaliga murojaat qiling.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar