Talaba diplomni o‘qishni bitirmasdan olishi mumkinmi?

Talaba o‘qishni yakunlamasdan diplom olishi mumkinmi? O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra yakuniy davlat attestatsiyasi va diplom berish tartibi haqida bilib oling.

•Yangilandi: 08.04.2026•1 daqiqa mutolaa•84 marta ko'rildi
Talaba diplomni o‘qishni bitirmasdan olishi mumkinmi?

Talaba o‘qishni bitirmasdan diplom olsa bo‘ladimi?

Ko‘plab bitiruvchi kurs talabalari va ularning ota-onalari diplomni muddatidan oldin olish imkoniyati bormi, degan savol bilan murojaat qilishadi. Ushbu maqolada qonunchilikdagi talablarga aniqlik kiritamiz.

Diplom berish tartibi bo‘yicha qonuniy asoslar

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 393-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, diplom olishning qat’iy tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, 4-kurs talabasi quyidagi bosqichlardan o‘tishi shart:

  • Barcha o‘quv rejalarini to‘liq yakunlash;
  • Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tish.

Xulosa: Yakuniy attestatsiyadan o‘tmay turib, diplomni muddatidan oldin olishning qonuniy imkoni mavjud emas.

Foydali manbalar

Ta’lim tizimidagi yangiliklar, talabalar uchun eng muhim ma’lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida kabi ma’lumotlar bilan saytimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.

Ma’lumotlar rasmiy manbalar va Yurist Xizmati ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar