O’qishni ko’chirish: Talabalar uchun kerakli hujjatlar ro’yxati

O’qishni ko’chirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan talabalar uchun oliygohga taqdim etilishi kerak bo’lgan hujjatlar ro’yxati va tartib-qoidalari.

6
O’qishni ko’chirish: Talabalar uchun kerakli hujjatlar ro’yxati

O'qishni ko'chirish imtihonidan o'tgan talabalar uchun qo'llanma

O'qishni ko'chirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o'tgan talabalarga oliygoh tomonidan maxsus aloqa xati yuboriladi. Ushbu hujjatda talaba o'qishini rasmiylashtirishi uchun taqdim etishi kerak bo'lgan barcha kerakli hujjatlar ro'yxati ko'rsatilgan bo'ladi.

Talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati

Oliygohga hujjatlarni topshirish jarayonida quyidagi hujjatlarning asl nusxalari talab etiladi:

  • Diplom yoki attestat asl nusxasi;
  • Transkript yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
  • Akademik ma’lumotnoma;
  • 1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
  • Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
  • Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
  • Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari.

Ta'lim tizimidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari va qabul jarayonlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni o'tkazib yubormang.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar