Stanford University grantlari: To’liq moliyalashtirilgan o’qish

Dunyoning top universitetlaridan biri bo’lgan Stanford universitetida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida to’liq grant asosida o’qish imkoniyati.

4
Stanford University grantlari: To’liq moliyalashtirilgan o’qish

Stanford University grantlari: Dunyoning eng nufuzli oliygohida bepul ta'lim

Dunyoning eng yaxshi universitetlari qatorida turuvchi Stanford universiteti xalqaro talabalar uchun bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida to'liq grant dasturlarini e'lon qildi.

Bakalavriat bosqichi uchun grantlar

Stanford universitetida bakalavriat bosqichi 4 yil davom etadi. Grant shartlari oila daromadiga bog'liq:

  • Oila daromadi $150 000 dan kam bo'lsa, to'liq kontrakt qoplanadi.
  • Oila daromadi $65 000 dan kam bo'lsa, kontrakt bilan birga turar joy va o'quv qurollari xarajatlari ham qoplanadi.

Magistratura va doktorantura dasturlari

Magistratura va doktorantura dasturlari yo'nalishga qarab 2 yildan 5 yilgacha davom etishi mumkin. Asosiy imkoniyatlar:

  • To'liq kontrakt va tegishli xarajatlar qoplanishi.
  • Knight-Hennessy Scholarship: Yashash, kitoblar, transport va boshqa barcha xarajatlarni o'z ichiga oladi.
  • Xalqaro talabalar uchun bir martalik aviabilet xarajatlari qoplanadi.

Qanday hujjat topshirish kerak?

Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Batafsil talablar va yo'nalishlar bilan rasmiy qabul sahifasida tanishishingiz mumkin. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo'ljallangan qo'llanmalarimizdan foydalanib, xorijiy universitetlarga tayyorgarlik jarayonini osonlashtiring.

Eslatib o'tamiz, turli oliygohlar va yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlarni infoedu.uz saytidan olishingiz mumkin. Hujjat topshirishdan oldin barcha ma'lumotlarni Stanford rasmiy sayti orqali qayta tekshirib chiqing.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar