Sirtqi ta’limda o‘qish muddati qancha?
Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik. Ko‘plab fuqarolarni sirtqi ta’lim shaklidagi o‘qish muddati qonuniy jihatdan qancha bo‘lishi kerakligi qiziqtirmoqda.
Qonunchilikdagi talablar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, oliy taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlimni tashkil etish tartibi aniq belgilangan. Ushbu nizom hozir ham o‘z kuchida.
Nizomning 7-bandiga muvofiq ta’lim muddatlari:
- Sirtqi ta’lim shakli — kamida 5 yil;
- Maxsus sirtqi ta’lim shakli — kamida 3 yil;
- Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim negizidagi sirtqi shakl — kamida 3 yil (o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, 2-kursdan boshlanadi).
KIUT universiteti bilan bog‘liq vaziyat
So‘nggi vaqtlarda KIUT universiteti barcha bakalavriat yo‘nalishlarida sirtqi shaklni 4 yil, maktabgacha ta’limda esa 3 yil qilib belgilagani jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda. Bu holat qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshirilayotgani hamda olingan diplomlarning kelajakdagi maqomi ta’lim yo‘nalishlari tanlayotgan yoshlar uchun dolzarb masaladir.
Universitet ushbu ta’lim shaklini qaysi huquqiy asosga ko‘ra tashkil etganini izohlashi hamda talabalarning xavotirlariga aniq javob berishi lozim. Biz KIUT matbuot xizmatini shaffoflikka va ma’lumotlar almashinuvida hamkorlikka chorlaymiz.
Siz bu borada qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.