Nanyang Scholarship: Singapurda to‘liq grant asosida o‘qish
Nanyang Texnologik Universiteti (NTU) xalqaro talabalar uchun nufuzli Nanyang stipendiyasini e’lon qildi. Bu dastur akademik salohiyati yuqori va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Grantning afzalliklari
- O‘qish to‘lovidan to‘liq ozod etilish;
- Yashash xarajatlari uchun yiliga 6 500 dollar;
- NTU yotoqxonalari uchun yiliga 2 000 dollargacha turar joy granti;
- 5 000 dollargacha sayohat granti;
- Kompyuter uchun bir martalik 1 750 dollar.
Nomzodlar uchun talablar
Grantga ariza topshirish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Bakalavriat bosqichiga qabul qilingan bo‘lish;
- GPA ko‘rsatkichi 5.0 dan kamida 3.5 bo‘lishi;
- Kuchli portfolioga ega bo‘lish;
- 12-yillik ta’lim tizimi diplomi (yoki unga tenglashtirilgan hujjat).
Abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Ariza topshirish jarayoni
Nomzodlar avvalo NTU universitetiga qabul qilinish uchun ariza topshirishlari shart. Stipendiya uchun onlayn anketani to‘ldirishda 300 so‘zdan iborat shaxsiy insho talab qilinadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchisi tomonidan onlayn baholash shakli ariza topshirilgandan keyin 7 kun ichida to‘ldirilishi lozim.
Muhim eslatma
NTU dasturiga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi taklifdan so‘ng, bir oy ichida stipendiya bo‘yicha suhbatlar o‘tkaziladi. Batafsil ma'lumotlarni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.