SINGA Scholarship: Singapurda PhD uchun 100% grant dasturi

Singapurda PhD darajasini olishni istaysizmi? SINGA grant dasturi orqali to‘liq moliyalashtiriladigan doktorantura bosqichida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

5
SINGA Scholarship: Singapurda PhD uchun 100% grant dasturi

SINGA grant dasturi nima?

"Singapore International Graduate Award" (SINGA) – bu Singapurning nufuzli oliygohlari (NTU, SUTD, SMU, NUS) hamda A*STAR tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro grant dasturidir. Dastur doirasida talabalar jahon darajasidagi laboratoriyalarda ilmiy izlanish olib borishlari va ingliz tilida dissertatsiya yoqlashlari mumkin.

SINGA grantining afzalliklari

Dastur 4 yillik doktorantura bosqichini to‘liq qoplaydi va quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Aviachiptalar uchun bir martalik 1.500$ to‘lov;
  • Oylik stipendiya: 2.200$ (imtihon natijalariga ko‘ra 2.500$ gacha);
  • To‘liq kontrakt to‘lovi qoplanadi;
  • 1.500$ miqdorida bir martalik o‘rnatish to‘lovi.

Eslatma: Singapurda oylik yashash xarajatlari o‘rtacha 1.400-2.000$ ni tashkil etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Ushbu grantga da’vogar bo‘lish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Yuqori akademik ko‘rsatkichlar va ilmiy tadqiqotga kuchli qiziqish;
  • Ingliz tilini mukammal bilish (yozma va og‘zaki);
  • Oldindan tayyorlangan tadqiqot namunalari;
  • Doktorantura doirasida amaliyot o‘tash rejasi.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati

  • Motivatsion xat va shaxsiy bayonot;
  • Tadqiqot namunasi;
  • Akademik baholar ko‘chirmasi;
  • Pasport nusxasi va rasm;
  • Ikki dona tavsiyanoma;
  • Til sertifikatlari (IELTS, TOEFL, GRE va h.k. - ixtiyoriy).

Qanday hujjat topshirish kerak?

Dasturga hujjat topshirish jarayoni to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. Batafsil ma'lumotlar va ariza topshirish uchun rasmiy saytga o‘ting.

Siz talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa grantlar va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Ko‘p beriladigan savollarga javoblarni esa ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar