Shvetsiyada bepul magistratura: Axel Adler stipendiyasi
Xorijda ta'lim olishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat! Gyoteborg universiteti (University of Gothenburg) xalqaro talabalar uchun Axel Adler Scholarship stipendiya dasturini e'lon qildi.
Stipendiya haqida qisqacha
Ushbu stipendiya Yevropa Ittifoqi/YEIHga kirmaydigan davlatlar fuqarolari uchun mo'ljallangan. Dastur Shvetsiyaning oliy taʼlim boʻyicha kengashi tomonidan moliyalashtiriladi va magistratura bosqichidagi o'qish xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Stipendiya imkoniyatlari va yo'nalishlar
- Gumanitar va aniq fanlar magistri uchun: 60 ta o'rin
- Sanʼat, amaliy va ijro sanʼati yoʻnalishlari uchun: 4 ta o'rin
Stipendiya faqat kontrakt to'lovini qoplaydi. Yashash va yo'l xarajatlari uchun qo'shimcha mablag' ajratilmaydi.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar
- Belgilangan muddatgacha universitetning magistratura dasturiga muvaffaqiyatli topshirish.
- Akademik ko'rsatkichlarning a'lo darajada bo'lishi.
- Ro'yxatdan o'tish badalini o'z vaqtida to'lash.
Agar siz xorijiy universitetlarga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz, abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni o'qib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar uchun mo'ljallangan boshqa xalqaro dasturlar bilan ham tanishib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.