2026/2027-o'quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilishda "College Board" tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan SAT (Scholastic Aptitude Test) sertifikati qo'llaniladi.
SAT sertifikati ishlaydigan magistratura mutaxassisliklari
Matematika bakalavriati negizidagi magistratura:
Reklama
- Matematika;
- Matematik iqtisodiyot;
- Aktuar va moliyaviy matematika;
- Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika).
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriati negizidagi magistratura:
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.
Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili negizidagi magistratura:
- Lingvistika: ingliz tili;
- Adabiyotshunoslik: ingliz tili.
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili negizidagi magistratura:
- Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili;
- Sinxron tarjima: ingliz tili.
Ko'rinib turibdiki, SAT sertifikati asosan matematika va ingliz tili yo'nalishlaridagi magistratura mutaxassisliklari uchun qo'llaniladi.
Magistratura qabulidagi barcha imtiyoz va yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.