Magistratura uchun turdosh yo’nalishlar ro’yxati tasdiqlandi

2026/2027 o’quv yili uchun magistraturaga qabul bo’yicha turdosh oliy ta’lim yo’nalishlari ro’yxati tasdiqlandi. Xorijiy va nodavlat OTM bitiruvchilari uchun maxsus tartib.

Magistratura uchun turdosh yo’nalishlar ro’yxati tasdiqlandi

2026/2027-o'quv yili uchun magistraturaga qabul bo'yicha turdosh oliy ta'lim yo'nalishlarining ro'yxati tasdiqlandi. Bakalavriat turdosh yo'nalishlar ro'yxati dan so'ng, endi magistratura bosqichi uchun ham shunday ro'yxat e'lon qilindi.

Magistraturaga qabul bo'yicha asosiy qoidalar quyidagicha:

  • Xorijiy va nodavlat OTM bitiruvchilari: respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar oliygohlari yoki filiallari hamda nodavlat oliygoh bitiruvchilari mos (muvofiq) va unga turdosh ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tanlovda qatnashadi;
  • Yo'nalishlarni muvofiqlashtirish: magistratura mutaxassisliklari bo'yicha tanlovda ishtirok etishga talabgor bitiruvchilar tamomlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining shifri va nomi amaldagi "Oliy ta'lim yo'nalishi va mutaxassisligi klassifikatori"ga muvofiqlashtirilib inobatga olinadi;
  • Diplomli mutaxassislar: diplomli mutaxassis malakasiga ega bo'lgan shaxslar mos (muvofiq) va unga turdosh bakalavriat ta'lim yo'nalishlari ro'yxatidagi mutaxassisliklarning birida tanlovda qatnashadi;
  • Ro'yxatdan tashqari yo'nalishlar: turdosh ta'lim yo'nalishlari ro'yxatiga kirmagan yo'nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta'lim yo'nalishi mutaxassisliklari bo'yicha tanlovda qatnashadi.

Istisno holatlar

Quyidagi holatlarda Oliy ta'lim vazirligi tomonidan istisno kiritilishi mumkin:

  • Xorijiy hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining diplomidagi yo'nalish (mutaxassislik)lar mosligi;
  • Oliygohni amaldagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bitirib, ushbu yo'nalishlar negizida respublika oliygohlarida magistratura mutaxassisliklari mavjud bo'lmasa yoki ularga bo'lgan kvota bo'lib, bakalavriat bitiruvchilari bo'lmasa;
  • Tegishli oliy ta'lim tashkilotining murojaatiga ko'ra, harbiy yoki diniy oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchilarining yo'nalishlari mos (muvofiq) bo'lgan holatda.

Magistraturaga qabul qilish bo'yicha barcha yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.

Magistratura mutaxassisliklari bo'yicha tanlovda ishtirok etish uchun talabgor bitiruvchilar tamomlagan bakalavriat yo'nalishlari shifri va nomi amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirilib, turdoshligi aniqlanadi.
Xorijiy davlatlar oliygohlari yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos va turdosh ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tanlovda qatnashadi. Zarur holatlarda Oliy ta'lim vazirligi tomonidan istisno kiritilishi mumkin.
Turdosh yo'nalishlar ro'yxatiga kirmagan yo'nalishlar bitiruvchilari faqat o'z ta'lim yo'nalishi mutaxassisliklari bo'yicha magistratura tanlovida qatnashishi mumkin.

Magistratura turdosh yo'nalishlar ro'yxatini to'liq PDF shaklida yuklab olish - 55 sahifadan iborat hujjatda barcha mutaxassisliklar va ularga mos turdosh yo'nalishlar keltirilgan.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar