Ingliz guruhida o’qish sertifikat talabidan ozod etmaydi

Bakalavriatga o’zbek yoki rus tili kvotasi bo’yicha qabul qilinib, ingliz tili guruhida o’qigan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishlari shart.

Ingliz guruhida o’qish sertifikat talabidan ozod etmaydi

Ko'pchilik bakalavriatda ingliz tili guruhida o'qigan bitiruvchilar magistraturaga sertifikatsiz topshira olamiz deb o'ylaydi. Afsuski, bu noto'g'ri.

Bakalavriat bosqichiga o'zbek yoki rus tili kvotasi bo'yicha qabul qilinib, keyinchalik universitetdagi ingliz tili guruhida tahsil olgan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishlari shart.

Bunga sabab — talaba Davlat komissiyasi tomonidan ajratilgan o'zbek, rus yoki qardosh tillar kvotasi asosida o'qishga qabul qilingan hisoblanadi. Universitet kengashi qarori bilan tashkil etilgan ingliz tili guruhida o'qishni tamomlaganlik esa xorijiy til sertifikatini taqdim etish majburiyatidan ozod etmaydi.

Magistratura uchun qanday til sertifikatlari kerakligi haqida avval batafsil yozgan edik — talablar barcha uchun bir xil.

Xorijiy til sertifikati talab qilinmasligi uchun abituriyent bakalavriatga dastlab xorijiy tilda (ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarda) ajratilgan kvota bo'yicha qabul qilingan bo'lishi lozim. Faqat shu holatdagina magistraturada sertifikat talab etilmaydi.

Eslatib o'tamiz, magistratura bosqichiga hujjatlar my.edu.uz va my.gov.uz platformalari orqali qabul qilinmoqda.

Magistraturaga tayyorgarlik va qabul jarayonlari bo'yicha eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.

Yo'q. Agar talaba bakalavriatga o'zbek yoki rus tili kvotasi bo'yicha qabul qilingan bo'lsa, ingliz tili guruhida o'qigan bo'lsa ham magistratura uchun xorijiy til sertifikati talab etiladi.
Faqat bakalavriatga dastlab xorijiy til (ingliz, fransuz, nemis) kvotasi bo'yicha qabul qilingan bitiruvchilar magistraturaga sertifikatsiz hujjat topshirish huquqiga ega.
Magistratura bosqichiga hujjatlar my.edu.uz va my.gov.uz platformalari orqali onlayn qabul qilinmoqda.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar