Rossiyada bepul o’qish: Open Doors olimpiadasi 2024

Rossiyada magistratura yoki doktoranturada bepul o’qishni istaysizmi? Open Doors xalqaro onlayn olimpiadasida qatnashing va imtihonsiz talaba bo’ling!

3
Rossiyada bepul o’qish: Open Doors olimpiadasi 2024

Rossiyada bepul ta'lim: Open Doors olimpiadasi

Rossiyaning nufuzli universitetlarida magistratura yoki doktorantura bosqichida bepul o‘qishni orzu qilasizmi? Open Doors xalqaro onlayn olimpiadasi sizga imtihonlarsiz va to‘lovlarsiz talaba bo‘lish imkonini beradi. Bundan tashqari, g‘oliblar oylik stipendiya olish huquqiga ega bo‘lishadi.

Ta'lim jarayoni tanlangan kurs va yo‘nalishga qarab ingliz yoki rus tillarida olib boriladi. Bu talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Olimpiada qoidalari va bosqichlari

Olimpiada magistratura bosqichi uchun 2 ta, doktorantura uchun esa 3 ta bosqichdan iborat:

  • 1-bosqich: Ro‘yxatdan o‘tish va portfolio to‘ldirish.
  • 2-bosqich: Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish.
  • 3-bosqich (faqat doktorantura uchun): Saralangan nomzodlar bilan onlayn intervyu.

O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlashda kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasi orqali yo‘nalishlar haqida ko‘proq ma'lumot olishingiz mumkin.

Ishtirok etish mumkin bo‘lgan 14 ta yo‘nalish

Olimpiadada qatnashish uchun barcha qoidalar rus tilida va ingliz tilida yuklab olishingiz mumkin bo'lgan fayllarda batafsil keltirilgan.

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish va portfolio to‘ldirish uchun oxirgi muddat — 10-dekabr. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy saytga kiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar