Shaxmat stipendiyasi: Kimlar va qanday shartlarda oladi?
Prezidentning 2023-yil 8-maydagi PQ-150-sonli qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Shaxmat stipendiyasi” ta'sis etildi.
Stipendiya miqdori va tartibi
Ushbu stipendiya shaxmat musobaqalarida g'olib bo'lgan o'quvchi va talabalarga yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) besh baravari miqdorida to'lab boriladi.
Musobaqalar bosqichlari
Ta'lim muassasalarida quyidagi ligalar tizimli ravishda uch bosqichda o'tkaziladi:
- Maktab ligasi
- Akademik litsey ligasi
- Professional ta'lim muassasalari ligasi
- Talabalar ligasi
Agar siz talabalar uchun mo'ljallangan imkoniyatlar yoki abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlarni qidirayotgan bo'lsangiz, infoedu.uz saytini kuzatib boring.
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.