O‘qishni ko‘chirish arizasini tahrirlash tartibi
Ko‘plab talabalar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi. Xavotirga o‘rin yo‘q, my.uzbmb.uz tizimi ma’lum shartlar asosida arizalarni tahrirlash imkonini beradi.
Arizani qachon tahrirlash mumkin?
Siz o‘z arizangizni quyidagi holatlarda tahrirlashingiz mumkin:
- Arizangiz holati “Ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi” statusida bo‘lsa;
- Arizangiz tizim tomonidan rad etilganda, uni qayta tahrirlab, ma’lumotlarni to‘g‘rilashingiz mumkin.
Shuni yodda tutingki, agar ariza holati keyingi bosqichga o‘tgan bo‘lsa, uni tahrirlash imkoniyati mavjud emas. Bunday holatda ariza rad etilishini kutishga to‘g‘ri keladi.

Foydali manbalar
O‘qishni ko‘chirish jarayonlari va talabalik hayoti bilan bog‘liq boshqa yangiliklar uchun talabalar uchun ruknimizni kuzatib boring. Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida bo‘limidagi ma’lumotlar yordam berishi mumkin.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izoh qoldirish orqali bildiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.