2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat qabuli test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar ikki xil natijani kutadi. Bular — test bali va yakuniy tanlov (mandat) natijasi bo‘lib, ular turli muddatlarda e'lon qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, ushbu natijalarni e'lon qilish tartibi belgilangan.
Test bali qachon chiqadi?
Reklama
Test sinovida to‘plangan ball imtihon o‘tkazilgan kunning ertasi kuni e'lon qilinadi.
Masalan, 14-iyul kuni test topshirgan abituriyent o‘z natijasini 15-iyul kuni bilishi mumkin.
Bu natija faqat test sinovida to‘plangan ballni bildiradi.
Yakuniy mandat qachon e'lon qilinadi?
Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani haqidagi yakuniy tanlov natijasi (mandat) esa keyinroq e'lon qilinadi.
Buning uchun avvalo ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichi yakunlanishi kerak. Ushbu bosqichda abituriyentlar:
- oliy ta'lim muassasasini;
- ta'lim yo‘nalishini;
- ta'lim shaklini;
- tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Mazkur jarayon tugaganidan so‘ng bir hafta ichida yakuniy natijalar e'lon qilinadi.
Natijalarni qayerdan ko‘rish mumkin?
Test bali va yakuniy tanlov natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy sayti orqali e'lon qilinadi.
InfoEdu.uz eslatishicha, test bali e'lon qilingani mandat ham chiqqanini anglatmaydi. Yakuniy natijalar faqat ikkinchi bosqich yakunlangach e'lon qilinadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.