Mandat natijalari sabab uzbmb.uz sayti sekin ishlayapti

Mandat e‘lon qilingach, saytga yuklama keskin oshdi. Natijalar qanday holatda ko‘rinmoqda, sayt ishlayaptimi — maqoladan bilib oling.

Mandat natijalari sabab uzbmb.uz sayti sekin ishlayapti

Mandat natijalari e‘lon qilindi va minglab abituriyent bir vaqtning o‘zida natijasini ko‘rishga urindi. Kutilganidek, shu sababli uzbmb.uz saytiga yuklama keskin oshib ketdi.

Sayt qanday holatda?

Reklama

Hozirda sayt sekin ishlamoqda, ammo butunlay ochmay qolgani yo‘q. Sekin bo‘lsa ham sayt ishlab turibdi — abituriyentlar o‘z natijalarini ko‘rishda davom etmoqda. Bu holat odatda natijalar e’lon qilingan birinchi soatlarda kuzatiladi, chunki bir vaqtda juda ko‘p foydalanuvchi tizimga kirmoqda.

Natijani ko‘rishda muammo bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar sayt sekin ishlayotgan bo‘lsa, bir necha daqiqa kutib qayta urinib ko‘rish tavsiya etiladi. Shuningdek, natijani mandat.uzbmb.uz sayti yoki @mandat_uzbmbbot, @mandat_uzbmb1bot va @mandat_uzbmb2bot telegram botlari orqali ham bilish mumkin. Avvalroq mandat natijalarini qayerdan ko‘rish mumkinligi haqida batafsil yozgan edik.

InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

Mandat natijalari e‘lon qilinganidan keyin saytga yuklama keskin oshdi. Bir vaqtda minglab abituriyent natijasini ko‘rishga urinayotgani uchun sayt sekin ishlamoqda.
Yo‘q. Sayt sekin bo‘lsa ham ishlab turibdi va abituriyentlar natijalarini ko‘rishda davom etmoqda.
Natijani mandat.uzbmb.uz sayti, @mandat_uzbmbbot, @mandat_uzbmb1bot va @mandat_uzbmb2bot telegram botlari hamda oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladigan test natijalari qaydnomasi orqali bilish mumkin.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar