Mandat natijalari qachon chiqadi? Bu savol minglab abituriyentni qiynayapti. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va telegram nashrlarida natijalar 15-avgustda e‘lon qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Lekin bu ma’lumot hozircha rasmiy tasdiqlanmagan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mandatning aniq sanasi bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan. Tarqalgan xabarlar esa vazirning anjumandagi og‘zaki gapiga asoslangan.
Xabarlar nima sababdan tarqaldi?
Reklama
Toshkentda o‘tayotgan xalqaro anjuman doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov jurnalistlarga bergan intervyusida “ertaga, Xudo xohlasa mandat e‘lon qilinadi” deb aytib o‘tgan. Aynan shu gap telegram nashrlarida “mandat 15-avgustda chiqadi” degan xabarlarga asos bo‘ldi.
Eslatma — vazirning bu so‘zlari rasmiy tasdiq emas. Mandat e’lon qilinadigan sana bo‘yicha vazirlik tomonidan alohida rasmiy xabar berilguncha, tarqalgan ma’lumotlarni ishonchli deb hisoblab bo‘lmaydi.
Qonuniy muddat nima deydi?
Qonunchilikka ko‘ra, yakuniy mandat natijalari qabulning ikkinchi bosqichi yakunlangandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinishi kerak. Tanlov bosqichi 8-avgust kuni yakunlangan, shundan kelib chiqib hisoblaganda mandat 15-avgustgacha yoki shu kuni e’lon qilinishi kerak.
Avvalroq mandat qachon chiqishi aniqlangani haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.