Mandat natijalari e‘lon qilindi, ammo ko‘pchilikning xayolida hali savollar bor. Kimdir grantga kirgan yo‘nalishni kontraktga almashtirishni, kimdir yetmagan ballni sotib olishni, kimdir super-kontraktda boshqa yo‘nalishga o‘tishni so‘rayapti. Eng asosiy javob esa bir xil — endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Qaysi o‘zgarishlar mumkin emas?
Grantga kirgan abituriyent boshqa yo‘nalishga kontraktga o‘ta olmaydi. Qaysi yo‘nalishga grantda kirgan bo‘lsa, o‘sha yerda grantda, kontraktda kirgan bo‘lsa, o‘sha yerda kontraktda o‘qiydi. Yo‘nalish tanlash bosqichida shaxsiy tanlov qilingan bo‘ladi, endi “bunga o‘tsam-chi, unga o‘tsam-chi” degan savollardan foyda yo‘q.
Reklama
Shuningdek, ball sotib olish amaliyoti ham mavjud emas. Boshqa yo‘nalishga 1 ball yetmaganlar “ball sotib olsam bo‘ladimi” deb so‘raydi — bunday amaliyot yo‘q, hech qanday ball sotib olinmaydi.
Super-kontraktda boshqa yo‘nalishga o‘tish mumkinmi?
Bu masala hozircha ochiq — joriy yilgi tartib hali tasdiqlanmagan. O‘tgan yili esa istisno tariqasida faqat bitta holat ruxsat etilgan edi: abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga kirgan bo‘lsa, faqat birinchi tanlangan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishi mumkin edi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishlarga taalluqli emas — 3-yo‘nalishga kirgan abituriyent 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi. Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi. Avvalroq beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlab bo‘lmasligi haqida yozgan edik.
InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.