Mandat natijalari chiqdi, ammo ko‘pchilik bitta muhim qoidani noto‘g‘ri tushunmoqda. Beshta yo‘nalishga ham ballingiz yetgan bo‘lsa, bu istalgan birini tanlab o‘qiy olasiz degani emas. Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.
Nima uchun tanlab bo‘lmaydi?
Abituriyentlar testdan keyin yo‘nalish tanlashda beshta yo‘nalishni ketma-ketlikda ko‘rsatishgan va davlat granti hamda to‘lov-kontrakti bo‘yicha ustuvorlikni allaqachon belgilab qo‘yishgan. Yakuniy javoblar chiqqandan keyin esa o‘qishga kirgan yo‘nalishni o‘zgartirish mumkin emas.
Reklama
Qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuter ustuvorlik asosida belgilaydi. Ustuvorlik davlat granti bo‘yicha tanlanganni yoki yo‘nalish bo‘yicha tanlanganni — farqi yo‘q, tizim o‘zi hal qiladi. Avvalroq 8-avgustga qadar tanlangan yo‘nalishlarni o‘zgartirish mumkin edi — endi bu imkoniyat yopilgan.
Kirgan yo‘nalishni qanday aniqlash mumkin?
mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning ustiga rang berilgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgansiz:
- yashil rang — davlat granti;
- ko‘k rang — imtiyoz;
- sariq rang — kontrakt.
Masalan, 160,7 ball to‘plagan abituriyent o‘zi tanlagan beshta yo‘nalishning uchinchisiga talabalikka qabul qilingan. Demak, endi u uchinchi yo‘nalishda o‘qishi kerak — boshqasiga almashtira olmaydi. Yo‘nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.

mandat natijalarini qayerdan ko‘rish mumkinligi haqida avvalroq yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.