O‘qishni ko‘chirish imtihon to‘lovi 2024: Narxlar va imtiyozlar

O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun qancha to‘lov qilish kerak? Imtihon to‘lovi miqdori va to‘lovdan ozod etiladigan imtiyozli toifalar bilan tanishing.

3
O‘qishni ko‘chirish imtihon to‘lovi 2024: Narxlar va imtiyozlar

O‘qishni ko‘chirish imtihonlari uchun to‘lov miqdori qancha?

O‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonida ishtirok etishni rejalashtirgan talabalar uchun imtihon to‘lovlari belgilangan. Unga ko‘ra, abituriyentlar va talabalar bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari shart.

Hozirgi kunda 1 BHM — 340 000 so‘mni tashkil etadi. Demak, o‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov 170 000 so‘mni tashkil etadi.

Kimlar to‘lovdan ozod etiladi?

Quyidagi toifaga kiruvchi fuqarolar o‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lovdan ozod etiladilar:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Eslatib o‘tamiz, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish 15-iyuldan boshlanadi. O‘z ta’lim yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumot olishingiz yoki talabalar uchun foydali maslahatlarni o‘qib borishingiz mumkin.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar