Ona tili va adabiyot milliy sertifikat natijalari chiqdi

2023-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Natijalarni qanday tekshirish mumkin?

440
Ona tili va adabiyot milliy sertifikat natijalari chiqdi

Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat natijalari

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2023-yil 29-yanvar kuni o‘tkazilgan ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalari bilan my.dtm.uz saytidagi “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali tanishishlari mumkin.

Sertifikatni olish shartlari

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi. Agar siz kelgusida rejalashtirilayotgan milliy sertifikat sanalari haqida ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, saytimizni kuzatib boring.

Abituriyentlar uchun imtiyozlar

Milliy sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  • 60 foizdan 86 foizgacha: maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
  • 86 foiz va undan yuqori: maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball taqdim etiladi. O'zingiz tanlagan oliygohlar kirish ballari bilan taqqoslab, imkoniyatlaringizni baholang.

Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar