Milliy sertifikat uchun maksimal ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati.
Nega tizim qayta ko‘rib chiqilmoqda?
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda milliy sertifikat uchun maksimal ball berish tizimi qanchalik to‘g‘ri ekani o‘rganilmoqda. Sababi — bir necha yildan so‘ng milliy sertifikat bilan o‘qishga topshiradigan abituriyentlar soni test sinovlari bilan topshiradiganlardan ortib ketishi kutilmoqda.
Reklama
Qanday muammo yuzaga kelishi mumkin?
Rasmiylarning ta’kidlashicha, bunday holatda ko‘pgina abituriyentlarning bitta joyga “tiqilib qolishi” holatlari kuzatilishi mumkin. Ya’ni sertifikat egalari ko‘paygani sari eng nufuzli yo‘nalishlarga talab ortaveradi va tanlov raqobatini yanada kuchaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sertifikatli abituriyentlar soni 19 baravar oshgani haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.