Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida abituriyentlar soni kamaygani sababli o‘tish ballari tushadi degan taxminlar o‘zini oqlamasligi mumkin. Sababi, joriy yilda milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan va imtihon topshirmasdan maksimal ball oladigan abituriyentlar soni keskin ko‘paydi.
Avvalroq sertifikat egalariga imtihonda maksimal ball berilishi bo‘yicha belgilangan imtiyozlar sabab abituriyentlarning sertifikat olishga bo‘lgan qiziqishi bir necha baravar ortgani kuzatilayotgan edi. E’lon qilingan rasmiy statistika buni to‘liq tasdiqladi.
Umumta’lim fanlaridan sertifikat egalari 2 baravardan ko‘proqqa oshdi
Joriy yilda umumta’lim fanlari (matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot hamda tarix) bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar soni 193 186 nafarni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich atigi 85 140 nafar bo‘lgan edi. Bir yil ichida umumta’lim fanlaridan sertifikat olganlar soni 2,2 baravarga ko‘paygan.
Reklama
Chet tillari bo‘yicha sertifikatlar ko‘rsatkichi
Chet tillari (ingliz, nemis, fransuz, arab va boshqa tillar) bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni ham rekord darajaga yetdi.
• 2026-yilda chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar — 125 354 nafar
• 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich — 58 216 nafar edi
Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar ushbu fandan test topshirmasdan avtomatik ravishda maksimal ballga ega bo‘ladi.
Test sinovlaridan to‘liq ozod etilganlar 19 baravarga ko‘paydi
Joriy yilgi eng shov-shuvli ko‘rsatkich — barcha mutaxassislik va majburiy fanlardan milliy hamda xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan va test topshirishdan to‘liq ozod etilgan abituriyentlar sonidir.
2026-yilda barcha fanlardan sertifikati borligi sababli 1-bosqich test sinovlarini topshirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlovning 2-bosqichida (OTM va yo‘nalishlarni tanlash) ishtirok etadigan abituriyentlar soni 12 997 nafarni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2025-yilda barcha fanlardan sertifikatga ega bo‘lib imtihondan to‘liq ozod etilganlar soni atigi 678 nafar edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 19 baravar oshganini ko‘rsatmoqda.
Konkurs va kirish ballariga ta’siri
13 mingga yaqin abituriyentning cho‘ntagida tayyor maksimal ball borligi nufuzli OTMlar va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda (tibbiyot, yurispridensiya, moliya, axborot texnologiyalari) kirish ballarining nihoyatda baland bo‘lishidan dalolat beradi.
Abituriyentlar va o‘ta-onalar nimalarga e’tibor berishi kerak
Ko‘pchilik abituriyentlar umumiy ro‘yxatdan o‘tganlar soni o‘tgan yilgidan kamroq ekanini ko‘rib, “bu yil o‘tish ballari tushadi” degan yanglish xulosaga kelmoqda. Biroq raqamlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sifat ko‘rsatkichi keskin oshgan. 13 mingga yaqin abituriyent imtihonsiz maksimal ballga ega, 193 mingdan ortiq abituriyentda esa kamida bitta fandan imtiyozli ball bor.
Bu holat aynan grant va nufuzli davlat universitetlari yo‘nalishlarida raqobat nihoyatda shiddatli bo‘lishini anglatadi. 2-bosqichda OTM va 5 tagacha ta‘lim yo‘nalishini tanlashda ballar zaxirasini to‘g‘ri baholash hamda pastroq konkursli hududiy OTMlarni ham ro‘yxatga kiritish tavsiya etiladi.
Shu sababli, abituriyentlar va ularning o‘ta-onalari umumiy abituriyentlar soni kamayganiga aldanmasdan, yo‘nalish va OTM tanlashda ushbu sertifikatli abituriyentlar omilini jiddiy inobatga olishlari zarur.
Joriy yilda barcha fanlardan sertifikati bor 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan toliqligicha ozod etildi.
Chet tillari boyicha milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni 125 354 nafarga yetdi.
193 186 nafar abituriyent umumtalim fanlari boyicha sertifikatga ega. Otgan yili bu korsatkich 85 140 nafar edi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.