Oliygohlarda 11 ta yangi ta’lim yo’nalishi ochildi

2026/2027 o’quv yili uchun davlat oliygohlarida 11 ta yangi ta’lim yo’nalishi va ularga mos test fanlari majmuasi tasdiqlandi.

Oliygohlarda 11 ta yangi ta’lim yo’nalishi ochildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug'i bilan 2026/2027-o'quv yilida davlat oliy ta'lim tashkilotlarida yangi tashkil etilgan ta'lim yo'nalishlari ro'yxati va ularga mos test sinovi fanlari majmuasi tasdiqlandi.

2026/2027 o'quv yili fanlar majmuasidagi umumiy o'zgarishlar haqida avval xabar bergan edik. Endi esa 11 ta yangi yo'nalish va ularning test fanlari aniq ma'lum bo'ldi.

Quyida 11 ta yangi ta'lim yo'nalishi va ularga mos test fanlari jadvali keltirilgan:

T/r Yo'nalish kodi Ta'lim yo'nalishi 1-fan 2-fan
1 60110900 Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili Chet tili Ona tili va adabiyoti
2 60230100 Filologiya va tillarni o'qitish: pushtu tili Chet tili Ona tili va adabiyoti
3 60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili Chet tili Ona tili va adabiyoti
4 60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili Chet tili Ona tili va adabiyoti
5 60411500 Davlat auditi Matematika Chet tili
6 60411600 Islomiy moliya Matematika Chet tili
7 60411700 Islom iqtisodiyoti va moliyasi Matematika Chet tili
8 60421400 Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik Huquqshunoslik fanlari Chet tili
9 60421500 Raqamli huquq Huquqshunoslik fanlari Chet tili
10 60611300 Sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik Matematika Fizika
11 60731100 Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish Matematika Fizika

Mazkur yo'nalishlar bo'yicha qaysi davlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul amalga oshirilishi, ularga ajratilgan qabul kvotalari orqali bilib olish mumkin.

Ayniqsa, sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik, raqamli huquq va islomiy moliya kabi yo'nalishlar bugungi mehnat bozorida eng talabgir mutaxassisliklardan hisoblanadi.

Ta'lim va qabul jarayonidagi barcha yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.

11 ta yangi yo'nalish: xitoy tili, pushtu tili, hind tili, urdu tili, davlat auditi, islomiy moliya, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro huquq, raqamli huquq, sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik, qurilish materiallari.
Xorijiy til (xitoy, pushtu, hind, urdu) yo'nalishlariga 1-fan — chet tili, 2-fan — ona tili va adabiyoti fanlaridan test topshiriladi.
Sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik yo'nalishiga 1-fan — matematika, 2-fan — fizika fanlaridan test sinovi topshiriladi. Matematika va huquq yo'nalishlariga 2-fan — chet tili.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar