Tibbiyot sohasida yangi ta'lim yo'nalishlari va kvotalar oshishi
Sog‘liqni saqlash vazirligining Hay’at yig‘ilishida tibbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim o‘zgarishlar e’lon qilindi. Endilikda abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.
Yangi yo'nalishlar va kvotalar
Tibbiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi yangiliklar joriy etildi:
- Bakalavriatda 4 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochilib, qabul kvotalari 2,4 barobar oshirildi.
- Magistraturada 14 ta yangi mutaxassislik joriy etilib, kvotalar 3 barobarga ko‘paydi.
- Klinik ordinaturada 6 ta yangi mutaxassislik tashkil etildi va kvotalar 2 barobarga oshirildi.
Tibbiyot yo'nalishidagi kirish ballari va yo'nalishlar haqida ma'lumot olish uchun saytimizdagi tegishli sahifaga o'tishingiz mumkin.
Ta'lim sifatini oshirish choralari
Internatura tizimi joriy etilib, 19 ta yo‘nalish bo‘yicha yiliga 500 nafar tor mutaxassis tayyorlanmoqda. Shuningdek, o‘quv rejalaridagi nomutaxassis fanlar ulushi 2 barobar qisqartirildi. Xorijdan 350 nafar professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb qilinishi natijasida ilmiy salohiyat 32 foizdan 46 foizga yetdi.
Abituriyentlar uchun mo'ljallangan foydali ma'lumotlar bilan abituriyentlar uchun ruknida tanishishingiz mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.