O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari reytingi e'lon qilindi
Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik! Oliy taʼlim muassasalarining (OTM) faoliyat samaradorligini baholovchi yangi reyting natijalari ma'lum bo‘ldi. Agar siz o‘zingizni qiziqtirgan oliygohlar kirish ballari bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsangiz, ushbu ma'lumotlar sizga tanlovda asqotadi.
Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari
Reyting natijalariga ko‘ra, ta’lim sifati va ilmiy salohiyati bo‘yicha quyidagi universitetlar yetakchilik qilmoqda:
- TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
- Namangan muhandislik-texnologiya instituti
- Buxoro davlat tibbiyot instituti
- Farg‘ona politexnika instituti
- Namangan muhandislik-qurilish instituti
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
- Toshkent tibbiyot akademiyasi
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Toshkent moliya instituti
Reytingda quyi o‘rinlarni egallagan ta’lim muassasalari
Ayrim oliygohlar reytingda quyi o‘rinlarni qayd etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ro‘yxatdagi ayrim muassasalar yaqinda tashkil etilgan bo‘lib, ularning rivojlanish salohiyati kelgusi yillarda o‘sishi kutilmoqda. Barcha abituriyentlar uchun ushbu statistik ma'lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi:
- Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
- Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
- Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
- Andijon davlat chet tillari instituti*
*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.