OTMlarga imtiyozli qabul kvotalari tasdiqlandi: Kimlar uchun?

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uyi bitiruvchilari va IIV xodimlari farzandlari uchun OTMlarga qo‘shimcha davlat granti kvotalari taqsimoti tasdiqlandi.

4
OTMlarga imtiyozli qabul kvotalari tasdiqlandi: Kimlar uchun?

OTMlarga imtiyozli qabul kvotalari tasdiqlandi

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli toifadagi abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Bu o‘zgarishlar nogironligi bo‘lgan shaxslar, chin yetimlar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga taalluqlidir.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvotalar

Ushbu toifa uchun respublika bo‘yicha jami 3 155 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

  • Kunduzgi ta’lim: 2 270 ta
  • Sirtqi ta’lim: 754 ta
  • Kechki ta’lim: 131 ta

Abituriyentlar o'z tanlagan yo'nalishlari bo'yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

Mehribonlik uyi bitiruvchilari uchun imtiyozlar

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun 1 foizlik davlat granti asosida jami 1 580 ta qo‘shimcha kvota ajratildi:

  • Kunduzgi ta’lim: 1 137 ta
  • Sirtqi ta’lim: 377 ta
  • Kechki ta’lim: 66 ta

IIV xodimlari farzandlari uchun kvotalar

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan IIV xodimlarining farzandlari uchun 3 foizlik davlat granti asosida 875 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Abituriyentlar uchun barcha yangiliklarni abituriyentlar uchun maxsus bo'limimizda kuzatib borishingiz mumkin.

Tavsiya: Ro‘yxatdan o‘tishdan avval tanlangan OTMdagi imtiyozli kvotalar taqsimotini diqqat bilan o‘rganib chiqing.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar