Namangan davlat texnika universiteti tashkil etilmoqda

Namangandagi uchta oliygoh birlashtirilib, Namangan davlat texnika universiteti tashkil etildi. Talabalar va abituriyentlar uchun yangiliklar va o’zgarishlar.

4
Namangan davlat texnika universiteti tashkil etilmoqda

Namangan davlat texnika universiteti tashkil etilmoqda

Ta’lim tizimidagi yangi islohotlarga ko‘ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etilmoqda.

Universitetning asosiy vazifalari

Yangi oliygoh hududda muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Shuningdek, universitet tarkibida yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Kelgusi yillardagi muhim o‘zgarishlar

  • 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik kuchaytiriladi.
  • 2026/2027-o‘quv yiliga qadar xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etiladi.
  • 2025-yildan yirik sanoat korxonalari universitetga hamkor sifatida biriktiriladi.

Talabalar uchun muhim ma’lumotlar

NamMT, NamMQI va NamTSI talabalari o‘qishlarini yangi universitetda davom ettiradilar. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga yangi universitet diplomi beriladi. Talabalar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.

Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida oliygohlar faoliyatini optimallashtirish davom etmoqda. Avvalroq 20 ta davlat oliygohi tugatilishi haqida xabar berilgan edi.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar