Milliy sertifikat imtihoni natijalari e'lon qilindi
2025-yil 25–26-yanvar kunlari kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Endilikda milliy sertifikat sanalari bilan qiziqayotgan abituriyentlar keyingi bosqichlarga tayyorgarlikni boshlashlari mumkin.
Natijalarni qanday tekshirish mumkin?
Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portali orqali "Mening arizalarim" bo‘limiga kirib, elektron sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.
Baholash mezonlari va Rash modeli
Test natijalari xalqaro Rash modeli asosida hisoblanib, quyidagi darajalar belgilangan:
- 70+ ball – A+ daraja
- 65 – 69,9 ball – A daraja
- 60 – 64,9 ball – B+ daraja
- 55 – 59,9 ball – B daraja
- 50 – 54,9 ball – C+ daraja
- 46 – 49,9 ball – C daraja
Sertifikat imtiyozlari
Sertifikat egalari oliygohlar kirish ballari tizimida sezilarli imtiyozlarga ega bo'lishadi:
- A+ va A darajali sertifikat – mutaxassislik fanidan maksimal ball;
- B+, B, C+ va C darajali sertifikat – mutaxassislik fanidan proporsional ball.
Shuningdek, akademik litseylarga kirishda ham sertifikat egalariga tegishli fandan maksimal ball taqdim etiladi. Bu talabalik sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.