Milan texnika universitetida magistratura uchun stipendiyalar
Italiyaning nufuzli Milan texnika universitetida "Laurea Magistrale" dasturlari bo'yicha tahsil olishni rejalashtirayotgan xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud. Universitet yuqori natijalarga erishgan talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 3 turdagi stipendiyani taklif qiladi.
Stipendiya turlari
- Platina stipendiyasi: Yiliga 10 000€ hamda o'qish to'lovlaridan to'liq ozod qilish.
- Oltin stipendiya: Yiliga 5000€ hamda o'qish to'lovlaridan to'liq ozod qilish.
- Kumush stipendiya: O'qish to'lovini to'liq qoplab berish.
Qabul talablari
Ushbu dasturlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
- Bakalavr darajasiga ega bo'lish (magistratura yo'nalishi bakalavriat sohasiga mos bo'lishi kerak).
- Ayrim mamlakat abituriyentlari uchun GPA ko'rsatkichini taqdim etish.
- Ingliz tili (TOEFL, IELTS) yoki italyan tili (B1 daraja) sertifikatlaridan biri.
O'qishga kirish jarayonlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, xorijiy ta'lim imkoniyatlari haqida talabalar uchun mo'ljallangan bo'limimizda ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.
Muddati: Dasturga bog'liq, umumiy muddat 2022-yil 26-maygacha.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.