Matematika va fizika fanlari bo‘yicha ta'lim yo‘nalishlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi fanlari majmuasi tasdiqlandi. Agar siz matematika va fizika fanlaridan imtihon topshirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi ro‘yxatdagi yo‘nalishlarni tanlashingiz mumkin.
Abituriyentlar uchun muhim resurslar
Tayyorgarlik jarayonida bilimingizni sinab ko‘rish uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha raqobatni baholash uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Matematika va fizika fanlari mos keladigan yo‘nalishlar:
- Matematika
- Amaliy matematika
- Matematik injiniring (barcha turlari)
- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
- Axborot tizimlari va texnologiyalari
- Axborot xavfsizligi
- Kompyuter injiniringi
- Dasturiy injiniring
- Sun’iy intellekt
- Telekommunikasiya texnologiyalari
- Radioelektron qurilmalar va tizimlar
- Ma’lumotlar ilmi (Data Science)
- Energetika va elektr energetikasi
- Transport vositalari muhandisligi
- Qurilish muhandisligi
- Yo‘l muhandisligi
- Gidrotexnika qurilishi
- Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish
- Suv xo‘jaligi va meliorasiya
- Transport logistikasi
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo‘lib, abituriyentlarga to‘g‘ri yo‘nalish tanlashda yordam beradi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.