Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

Matematika, kimyo va geografiya fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Natijalarni qanday tekshirish mumkin?

•1 daqiqa mutolaa•178 marta ko'rildi
Matematika, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2026-yil 21-22 va 28-fevral, hamda 1-2 va 7-mart kunlari o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari ma’lum bo‘ldi. Endilikda talabgorlar o‘z natijalari bilan my.gov.uz tizimi orqali tanishishlari mumkin.

Testlar Rash modeli asosida hisoblanib, natijalarga ko‘ra 70 balldan yuqori natija qayd etganlarga A+ darajadagi sertifikatlar taqdim etilmoqda. Ushbu sertifikatlar abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda, shuningdek, akademik litseylarga qabul jarayonlarida sezilarli imtiyozlar beradi.

Reklama

Nozima IdrokovaN
MAQOLA MUALLIFI
Nozima Idrokova
Oʻzbekistonda taʼlim masalalari boʻyicha 5 yillik ish tajribasiga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar