Milliy sertifikatli abituriyentlarga ruxsatnoma berilmaydi

Barcha fanlardan milliy sertifikatga ega abituriyentlarga test ruxsatnomasi shakllantirilmaydi. Ular test sinovlarida qatnashmaydi va qabulning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

28
Milliy sertifikatli abituriyentlarga ruxsatnoma berilmaydi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha "Abituriyent ruxsatnomasi" berish boshlandi. Biroq barcha fanlardan milliy sertifikatga ega ayrim abituriyentlar shaxsiy kabinetida ruxsatnoma shakllanmayotgani sababli savollar yuzaga kelmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotiga ko‘ra, bu holat tabiiy hisoblanadi. Sababi barcha fanlardan test sinovidan ozod etuvchi milliy sertifikatga ega abituriyentlar uchun ruxsatnoma berilmaydi.

Abituriyentlar ruxsatnomasini yuklab olish tartibi haqida Abituriyentlar uchun ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi maqolamizda batafsil ma'lumot berilgan.

Reklama

Nega ruxsatnoma shakllantirilmaydi?

Agar abituriyent test sinovidan ozod etuvchi huquqqa ega bo‘lsa va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida "sertifikatdan foydalanaman" tanlovini belgilagan bo‘lsa, u test sinovlarida ishtirok etmaydi.

Bu imtiyoz milliy sertifikat yoki davlat tomonidan berilgan boshqa asos orqali olingan bo‘lishidan qat'i nazar, test topshirish talab etilmaydi.

Shu sababli bunday abituriyentlarga test sinovlari uchun ruxsatnoma ham shakllantirilmaydi.

Test sinovlariga borish shart emas

Barcha fanlardan milliy sertifikatga ega va testdan ozod etilgan abituriyentlar test o‘tkaziladigan hududga borishi shart emas.

Ular boshqa abituriyentlar kabi test sinovlarida qatnashmaydi va shaxsiy kabinetida test ruxsatnomasi ham bo‘lmaydi.

Ikkinchi bosqichda ishtirok etadi

Test sinovlari yakunlangach, ushbu toifadagi abituriyentlar ham qabulning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

Ikkinchi bosqich davomida ularga:

  • oliy ta'lim muassasasini;
  • bakalavriat ta'lim yo‘nalishini;
  • ta'lim shaklini;
  • tanlov ustuvorligini

tanlash uchun 15 kun muddat beriladi.

Shu bois milliy sertifikat asosida testdan ozod etilgan abituriyentlar ruxsatnoma shakllanmagani sababli xavotir olmasliklari kerak.

Yo‘q. Agar abituriyent barcha fanlardan test sinovidan ozod etuvchi milliy sertifikatga ega bo‘lsa va undan foydalanishni tanlagan bo‘lsa, unga ruxsatnoma shakllantirilmaydi.
Yo‘q. Bunday abituriyent test sinovlaridan ozod etiladi va test topshirmaydi.
Test sinovlari yakunlangach, qabulning ikkinchi bosqichida 15 kun davomida oliy ta'lim muassasasi, ta'lim yo‘nalishi va ta'lim shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar