2026/2027-o‘quv yili qabulida milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar soni rekord darajaga yetdi. Joriy yilda barcha fanlardan sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkazildi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda ushbu imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi. Bu esa bir yil ichida sertifikat asosida testdan ozod etilganlar soni keskin oshganini ko‘rsatadi.
Fanlar bo‘yicha sertifikatli abituriyentlar soni
Reklama
Joriy yilgi qabul statistikasiga ko‘ra:
- 193 186 nafar abituriyent umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 85 140 nafar edi.
- 125 354 nafar abituriyent chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bilan hujjat topshirgan. O‘tgan yilda esa ularning soni 58 216 nafarni tashkil etgan.
Mazkur raqamlar sertifikat olishga qiziqish yildan yilga ortib borayotganini tasdiqlaydi.
Barcha fanlardan sertifikatga ega abituriyentlar test topshiradimi?
Yo‘q. Agar abituriyent barcha fanlardan test sinovidan ozod etuvchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa va ro‘yxatdan o‘tishda ushbu sertifikatdan foydalanishni tanlagan bo‘lsa, u test sinovlarida ishtirok etmaydi.
Bunday abituriyentlarga test uchun ruxsatnoma ham shakllantirilmaydi. Ular test sinovlari yakunlangach boshlanadigan ikkinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bu haqda batafsil barcha fanlardan milliy sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma berilmaydi mavzusidagi maqolamizda o‘qishingiz mumkin.
Sertifikatlar nega muhim?
Milliy va xalqaro sertifikatlar nafaqat test sinovlarida imtiyoz beradi, balki ayrim ta’lim yo‘nalishlariga qabulda ham muhim ahamiyatga ega.
Sertifikatga ega bo‘lish orqali abituriyentlar:
- test sinovidan ozod etilishi;
- qo‘shimcha ball yoki imtiyozlarga ega bo‘lishi;
- ayrim yo‘nalishlarga hujjat topshirish talablarini bajarishi mumkin.
Shu sababli so‘nggi yillarda sertifikat olishga intilayotgan abituriyentlar soni sezilarli darajada ortmoqda.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.