Mart oyi chet tili test natijalari e'lon qilindi
2023-yil 4-5-, 9-11- va 13-17-mart kunlari bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari rasman e'lon qilindi. Endilikda abituriyentlar va barcha talabgorlar o'z ballarini tekshirishlari mumkin.
Natijalarni qanday bilish mumkin?
Test natijalari my.gov.uz portali orqali taqdim etilgan. Talabgorlar quyidagi bosqichlar orqali o'z natijalari bilan tanishishlari mumkin:
- my.gov.uz saytiga kiring;
- "Mening arizalarim" bo'limiga o'ting;
- Muvaffaqiyatli natija qayd etganlar o'z sertifikatlarini elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, milliy sertifikatga ega bo'lish oliygohlarga kirishda qo'shimcha imtiyozlar beradi.
Apellatsiya shikoyati haqida
Test natijalaridan norozi bo'lgan talabgorlar natijalar e'lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-mart) my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.
Siz imtihondan kerakli ballni to'play oldingizmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.