Maksimal ball to‘plagan talabalar endi grant asosida o‘qiydi
Ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklarga ko‘ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) eng yuqori ball to‘plab, kontrakt asosida qabul qilingan talabalar masalasi ijobiy hal etildi. Prezident topshirig‘iga binoan, ular davlat granti asosida o‘qishni davom ettiradilar.
Vaziyat qanday yuzaga kelgandi?
«Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga berilgan imtiyozli ballar sababli, 189 ball to‘plagan 6 nafar abituriyent dastlab kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgandi. Bu holat jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hozirda abituriyentlar uchun adolatli tizimni ta’minlash maqsadida «Temurbeklar maktabi» kvotalarini alohidalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Grant asosida o‘qishga o‘tkazilgan talabalar ro‘yxati:
- Ahatova Aziza Shuhrat qizi;
- Abdulvohidova Muhayyoxon Lutfullo qizi;
- Xo‘jabekov Ubaydullo Ne’matovich;
- Ergasheva Muxlisa Azizbek qizi;
- Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon o‘g‘li.
Bilim va malakalarni baholash agentligi raisi Majid Karimovning ta’kidlashicha, mazkur muammo JIDUdan boshqa OTMlarda kuzatilmagan. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun muntazam ishlovchi yangi mexanizm joriy etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari va kirish ballari yo'nalishlar kesimida doimiy nazoratda bo‘ladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.